Yangiliklar

📚“DOLZARB 90 KUN” DOIRASIDA YOSHLAR UCHUN MAZMUNLI MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETILMOQDA

➡️Jumladan, yoshlar uchun shaxmat to‘garaklari, intellektual mashg‘ulotlar, sport musobaqalari, kitobxonlik tadbirlari, kutubxonalarda ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda boshqa foydali mashg‘ulotlar muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.

✅Mazkur tadbirlar yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

🇺🇿Yunusobod tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi bunday tashabbuslar yoshlarning qiziqish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!