Yangiliklar

✅ Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

O‘rganish davomida, ayniqsa, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi faoliyat tahlil qilindi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda mahalla tizimi samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3