Yangiliklar

📌 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan deputatlik uchrashuvlari davomida Amudaryo tumanining “Bo‘zsolma” MFY aholisi tomonidan ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash zarurligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Mazkur murojaatlar asosida piyodalar va transport harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ushbu yo‘llarni joriy ta’mirlash masalasini ijobiy hal etish yuzasidan tegishli deputat so‘rovi yuborildi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish va hudud infratuzilmasini yaxshilash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 3