Yangiliklar

📍 Aholi murojaatlari – deputat e’tiborida

🌿 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat I. Xaliqberdiyev Qo‘rg‘on mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdi.

🤝 Muloqot davomida aholining muammo va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganildi.

📝 Aniqlangan muammolar tegishli tartibda nazoratga olinib, “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.

✅ Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 5