Yangiliklar

Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

          “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Jalaquduq tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabida “O‘zbek va qirg‘iz xalqlari do‘stligi: madaniyat, qadriyat va meros” shiori ostida “Manas” eposini ijro etish bo‘yicha ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Tadbir Andijon viloyati Qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi O. Nosirov boshchiligida o‘tkazildi. Unda tumanimizdagi 8 ta umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etib, “Manas” dostonidan parchalar ijro etdilar hamda milliy kuy va raqslar orqali o‘z iste’dodlarini namoyish qildilar. Tadbirda xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashi raisi Sh. Hayitoxunov, shuningdek, tegishli tashkilotlar vakillari va jamoatchilik namoyandalari ishtirok etdilar.  

Slide 1 of 9