Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📑 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi

PQ-1-son hamda 2025-yil 18-martdagi PQ-111-son qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida Sherobod tumanida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📝 Masala yuzasidan tuman prokurori o‘rinbosari N. Xudoyberdiyevning axboroti tinglanib, muhokamalar yakunida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.

✅ Qarorda Prezident qarorlarining ijrosini ta'minlash, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1