Yangiliklar

Paxta dalalarida amaliy seminar o‘tkazildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Akmal Ortikovich Jimalyazov tumandagi fermer xo‘jaliklari paxta maydonlarida tashkil etilgan amaliy seminarda ishtirok etdi.

Seminarda qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda fermerlar ishtirok etib, paxtachilikda agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar. Tadbir davomida sohada samaradorlikni oshirish va hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Slide 1 of 2