Yangiliklar

OLIMLAR MAHALLASIDAGI PARK-ALLEYA HOLATINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashi deputati Mamirov Odilboy Norbayevich tomonidan fuqarolar murojaatlari hamda sayyor qabullar davomida ko‘tarilgan masalalar asosida Olimlar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan park-alleya faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida park hududida mavjud infratuzilmaning bugungi kunda talab darajasida saqlanmayotgani, obodonlashtirish ishlari tizimli tashkil etilmagani hamda obyektdan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul tashkilot tomonidan zarur choralar ko‘rilmayotgani aniqlandi. Natijada parkning umumiy holati yomonlashib, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar sezilarli darajada kamaygan. Mazkur masalaning ijrosi deputat tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 4