📌 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli-Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova tomonidan “Cho‘mishli” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va mulohazalar tinglanib, hududdagi mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
📋 Ko‘tarilgan masalalar deputat tomonidan o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.
✅ Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘rnatish va ularning manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.