Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-“Oydin” saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich o‘zi saylangan hududdagi “Oydin” mahallasida bo‘lib, “Mahalla yettiligi” tomonidan
olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.Tashrif davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.O‘rganishlar jarayonida ma’lum qilinishicha, 2026-yilda “Ayollar daftari”ga 101 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, ulardan 30 nafari doimiy ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, 8 nafar xotin-qizga imtiyozli kredit ajratilgan, 28 nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda 1 nafariga ssuda berilgan.Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligi, ayollar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish,ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.