Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 💊🏥 AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH – DOIMIY E’TIBORDA

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugidan saylangan deputati S. Irisov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida faoliyat yuritayotgan dorixona ish faoliyati o‘rganildi.

🔍 Tashrif davomida dorixonada aholiga ko‘rsatilayotgan farmatsevtik xizmatlar, dori vositalarining mavjudligi, saqlash sharoitlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.

🗣 Shuningdek, dorixona faoliyati davomida uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud masalalarni bartaraf etish, xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda aholining dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

🤝 Fuqarolarga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3