Oʻrganish davomida hokim yordamchilari tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini kambagʻallikdan chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔹 Tumanni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yoʻnalishi belgilab olingan:
▪️ sanoat
▪️ qishloq xoʻjaligi
▪️ turizm
▪️ sohil boʻyi loyihalari
▪️ yoʻl boʻyida savdo va xizmat koʻrsatishni rivojlantirish
Mazkur yoʻnalishlarda qiymati 452,5 mlrd soʻmlik 155 ta loyiha amalga oshirilib, qariyb 3 mingta yangi ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan.
💼 Xizmat koʻrsatish sohasida qiymati 187,9 mlrd soʻmlik 16 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida:
✅ 288 ta yangi ish oʻrni yaratiladi
✅ 118,5 mlrd soʻmlik xizmat hajmi shakllantiriladi
Bugungi kunda tumanda faoliyat yuritayotgan 1629 ta korxonaning 1114 tasi xizmat koʻrsatish sohasiga toʻgʻri kelmoqda. Sohada 7,9 ming nafardan ortiq aholi bandligi taʼminlangan.
📈 2026-yil 1-chorak yakuniga koʻra:
▪️ xizmatlar hajmi – 732,2 mlrd soʻm
▪️ oʻsish surʼati – 107,3 foiz
▪️ aholi jon boshiga xizmatlar hajmi – 4,7 mln soʻmni tashkil etdi.
👥 Bandlikni taʼminlash borasida joriy yilda 27 ming nafardan ortiq aholiga bandlik xizmatlari koʻrsatish rejalashtirilgan.
Shundan:
✅ 3111 nafar fuqaro doimiy ish bilan taʼminlanadi
✅ 4138 nafar fuqaroning norasmiy bandligi legallashtiriladi
✅ 19 819 nafar aholining daromadi oshiriladi
🏡 Kambagʻallikni qisqartirish yoʻnalishida ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
Yil boshida tumanda 1980 ta kambagʻal oiladagi 9901 nafar fuqaro roʻyxatga olingan boʻlsa, 1-chorak yakunida ushbu koʻrsatkich sezilarli qisqardi.
2026-yilda:
✔️ 973 ta oilaning 3900 nafar aʼzosini kambagʻallikdan chiqarish
✔️ kambagʻallik darajasini 3,6 foizga tushirish
✔️ tumanni kambagʻallikdan xoli hududga aylantirish rejalashtirilgan.
🏗 “Zarbdor tajribasi” asosida 2026-yilda 4 ta loyiha ishga tushirilib, 265 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
🌱 “Sayxunobod tajribasi” doirasida esa:
▪️ 1560 ta mikroloyiha amalga oshiriladi
▪️ 3120 nafar fuqaroning bandligi taʼminlanadi.
💳 Tijorat banklari tomonidan 2026-yilda jami 685,4 mlrd soʻm kredit mablagʻlari ajratilishi rejalashtirilgan boʻlib, shundan:
▪️ 434,7 mlrd soʻm – kichik va oʻrta biznesga
▪️ 78,4 mlrd soʻm – imtiyozli dasturlar doirasida
▪️ 172,3 mlrd soʻm – boshqa yoʻnalishlarga yoʻnaltiriladi.
📍 Amalga oshirilayotgan ushbu keng koʻlamli ishlar orqali Vobkent tumanida aholi bandligini taʼminlash, daromadlarni oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha muhim natijalarga erishish maqsad qilingan.