Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🎓 Deputatlar “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etdi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputatlari o‘z saylov okruglaridagi umumta’lim maktablarida tashkil etilgan “25-may – So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida faol ishtirok etdilar. 

Tadbirlar davomida deputatlar bitiruvchi yoshlarni samimiy muborakbod etib, ularning kelgusidagi ta’lim va mehnat faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi.

Shuningdek, o‘quv yili davomida namunali xulqi, a’lo baholari va jamoat ishlaridagi faolligi bilan ajralib turgan o‘quvchilar hamda fidokorona mehnat qilgan ustozlarga minnatdorlik bildirildi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbirlari yoshlarning qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.

Slide 1 of 6