Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 36-sessiyasi

Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 36-sessiyasi o'tkazildi

Sessiya ishida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korhona va tashkilot rahbarlari, tuman hokimining OAV vakillari ishtirok etdi.

🗓 Sessiya kun tartibida 4 ta masala ko'rib chiqildi va atroflicha muhokama qilindi.

1️⃣ Oqqo‘rg‘on tuman mahalliy byudjetning 2026-yil 1-charak yakuni bilan ijrosini tasdiqlash to‘g‘risida;

2️⃣ “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan foydalanish to‘g‘risida;

3️⃣ Oqqo‘rg‘on tumani mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalarini yo‘naltirish  to‘g‘risida;

4⃣ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi “Jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida” gi 156-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

Sessiya kotibi etib 20-“Eltamg‘ali” saylov okrugidan saylangan deputati  Chintashev Xamza Alaydarovich saylandi.


https://www.facebook.com/share/v/14NA6WYpkvU/

https://www.facebook.com/share/v/1JBNEyPHG5/

Slide 1 of 6