Yangiliklar

🌿 Yoshli-2 mahallasida hiyobon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Begmatov hamda kotibiyat mudiri Q. Bobojonov tomonidan Yoshli-2 mahallasidagi hiyobon hududi o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududning obodonlashtirish holati, yashil maydonlarni saqlash, aholiga qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hiyobonni yanada ko‘rkam maskanga aylantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌱 Obod mahalla — farovon hayot garovi!

Slide 1 of 3