Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏫 Deputatlik nazorati

👤Xalq deputatlari Sherobod tumani 9-G‘o‘rin-Xakimobod saylov okrugi deputati Y.Shoymanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassis Sh.Xo‘janazarov ishtirokida Hakimobod mahalasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasida deputatlik nazorati amalga oshirildi

🔍 Nazorat davomida muassasaning bugungi faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, sanitariya-gigiyena holati hamda tarbiyaviy jarayonlar atroflicha o‘rganildi

📌 Deputatlik nazorati yakunida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi

🤝 Bunday o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy soha rivojini ta’minlash, aholining ehtiyojlariga tezkor va samarali javob berishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5