Yangiliklar

Nazorat tadbiri amalga oshirildi.

Nazorat tadbiri amalga oshirildi.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining kotibiyat mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan o'z saylov okrugi Angor tumani tibbiyot birlashmasi 5-sonli oilaviy poliknilikaga qarashli Qorasuv filialida bo'lib, u yerda nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazdi. Nazorat tadbiri jarayonida muassasada olib borilayotgan ro‘yxatga olish ishlari, fuqarolarni qabul qilish tizimi hamda xizmat ko‘rsatish sifati atroflicha o‘rganildi. Jumladan, elektron navbat monitori orqali kelgan fuqarolarning navbatini tartibga solish, ularni tegishli mutaxassis va xonalarga yo‘naltirish tizimi amalda qanday yo‘lga qo‘yilgani ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, punktda faoliyat yuritayotgan patronaj hamshiralar tomonidan DMT bazasi orqali olib borilayotgan ishlar, aholi salomatligini nazorat qilish va ro‘yxat yuritish tizimi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Deputat tomonidan fuqarolarga tarqatilayotgan bepul dori-darmonlar holati ham o‘rganilib, ularning saqlanishi va yetkazib berilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganishlar davomida muassasaga murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Mazkur nazorat-tahlil tadbiri yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 1