Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFYda mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
👥 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
🏠 Mahalla raisi X.Xalillayev tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, uy-joy sharoitini yaxshilash hamda rejalashtirilayotgan ishlar
haqida axborot berildi.
💼 Shuningdek, hokim yordamchisi R.Tajimov aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish va tadbirkorlikka jalb qilish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
🤝 Mahalla ijtimoiy xodimi N.Allashukurov esa yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumot taqdim etdi.
🗣 Uchrashuv yakunida fuqarolar bilan ochiq suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi hamda mavjud muammolarni birgalikda hal etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
📊 Bunday muloqotlar aholi muammolarini joyida hal etish va tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.