🏫 Deputatlik nazorati: maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganishlar olib borildi
👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 5-Guliston–Galaguzar saylov okrugidan saylangan deputat O. Umarov tomonidan saylov okrugida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasida deputatlik nazorati amalga oshirildi.
🔍 Nazorat davomida muassasaning bugungi faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, sanitariya-gigiyena holati hamda tarbiyaviy jarayonlar atroflicha o‘rganildi.
📌 Deputatlik nazorati yakunida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
🤝 Bunday o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy soha rivojini ta’minlash, aholining ehtiyojlariga tezkor va samarali javob berishga xizmat qiladi.