Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga “Shayxlar” saylov okrugidan deputat A. Bekchonov mahallada hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi.
O‘rganish davomida joriy yilning 1-choragi va aprel oyida 7 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratilgani, 9 nafar fuqaroga esa chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kredit berilgani aniqlandi.
Shuningdek, yil davomida mahallada 41 ta mikroloyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 4 tasi aprel oyida ishga tushirilib, 11 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.
Bundan tashqari, ishsiz fuqarolarni yer maydonlarini ijaraga berish orqali bandligini ta’minlash yuzasidan ham tizimli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.