Mazkur tadbir tumanidagi 58-maktabda “Uch avlod uchrashuvi” shaklida bo‘lib o‘tdi. Unda katta avlod vakillari, o‘rta avlod faollari, yoshlar bir davrada jam bo‘lib, o‘zaro fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ajdodlar xotirasini munosib e’zozlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar 9-may munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati