Yangiliklar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” doirasida Sardoba tumani 12-sonli umumta'lim maktabida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Sardoba tumani hokimi o'rinbosari Bahrom Djumabayev hamda tuman deputati Bunyod Bo'tayev lar ishtirok etdi.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini erkin bildirib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar tinglanib, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlash hamda ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qild

Slide 1 of 2