Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati N.Tuykulova tomonidan "Shofayzi" mahalla fuqarolar yig'ini aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida tegishli ijro organlariga deputatlik so'rovi yuborildi.
Ushbu so'rovga asosan mahalladagi bir qator yoʻlovchi bekatlarini tartibga keltirish, ta'mirlash, marshrut sxemalari va belgilarini yangilash masalalariga e'tibor qaratildi.
Deputat soʻrovi rasmiylashtirilgan boʻlib, tegishli organ qabul qilgan kundan e'tiboran 10 kun ichida javob berishi shart.
Ushbu deputat so'rovi aholiga qulay, xavfsiz shart-sharoitlar yaratish va transport infratuzilmasi yonalishini yaxshilashga xizmat qilishiga qaratilgan.