Yangiliklar

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining deputatlari Islamova Dildora Shavkatovna, Tuykulova Nodira Mirsobitovna, Umarov Abdulvoris Abduraximovich, Maxmudov Sherali Xayitovich va Mirkomilov Miraziz Nodirovichlar tomonidan davlat xususiy sheriklik asosida qurilayotgan yangi “Chaqar” mahalla fuqarolar yigʻini binosida olib borilayotgan ishlarni masʼullar bilan birgalikda oʻrganishdi.

Oʻrganish jarayonida deputatlar tomonidan Qonun ustuvorligi, unga rioya qilish, tomonlarning manfaatlari, qurilish ishlarining borishi, sifat koʻrsatkichlari hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, mazkur loyiha mahalla aholisiga qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Deputatlar tomonidan qurilish ishlarini sifatli va oʻz vaqtida yakunlash, barcha talablarga toʻliq rioya etish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Oʻrganish yakunida shunday loyihalar hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi alohida belgilab oʻtildi. 

Slide 1 of 1