JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH VA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — DIQQAT MARKAZIDA
✅Bandixon tumanida aholi osoyishtaligini ta’minlash, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va xavfsiz muhit yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyat xodimi E.Eshonqulov tumanimizdagi “Xo'jayipok” mahallasida bo‘lib, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati va amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarni o‘rgandi.
✅ O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?
✅Mahalla profilaktika inspektori ishtirokida quyidagi masalalar tahlil qilindi:
✅Jinoyatchilik dinamikasi: Mahallada sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning sabablari va ularni keltirib chiqarayotgan omillar ko‘rib chiqildi.
✅Profilaktik chora-tadbirlar: “Xonadonbay” yurish orqali oilaviy mojarolarni kamaytirish va ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash choralari.
✅Tungi nazorat: Hududda ko‘cha chiroqlari va kuzatuv kameralarining ishchi holati, tungi vaqtlarda profilaktik tadbirlarning samaradorligi.
✅✅ Kelgusidagi vazifalar:
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mahalla yettiligi bilan hamkorlikda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish belgilab olindi.
Xavfsiz hayot va osoyishta kelajak uchun barchamiz mas’ulmiz!