Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov tomonidan Tog‘liq MFY hududida fuqarolar murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

Unda elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar, xususan Serquyosh va Temir yo‘li ko‘chalarida joylashgan eskirgan simyog‘ochlarning holati mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida mavjud infratuzilmani yangilash, xavfsizlikni ta’minlash va aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda eskirgan simyog‘ochlarni bosqichma-bosqich yangisiga almashtirish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 6