Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash faoliyatidan

🛣 Yo‘l infratuzilmasi va xavfsizligi — doimiy e’tiborda, qat’iy nazoratda!

🏅 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi M. Tangriberaganov Mehnatobod mahallasida yo‘l infratuzilmasi holatini o‘rganish jarayonini amalga oshirdi. Ushbu o‘rganishlar hududda aholi uchun qulay va xavfsiz transport tizimini yaratish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilashga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus fuqarolarning turmush sifati va yo‘l harakati xavfsizligini oshirish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.