Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan muammo bartaraf etildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 14-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputati F. Sarimsakovga fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaat amaliy o‘rganilib, ijobiy hal etildi.

Murojaatga asosan, mahalla hududida joylashgan 250 ta xonadon tomorqalarini sug‘orish uchun zarur sharoit yaratish maqsadida ariq qazish ishlari tashkil etildi.

Natijada aholi tomorqalarini sug‘orish tizimi yaxshilanib, fuqarolar uchun qulaylik yaratildi. Ishlar deputat tomonidan joyiga chiqib nazorat qilindi.

Slide 1 of 1