Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tomonidan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 20-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat Z.Mullajonov tomonidan tuman MMTBga qarashli 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlari, ularning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, to‘g‘ri kasb tanlash hamda kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda o‘z oldilariga aniq maqsad qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2