Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi, deputat Suvonqulov Shohhasan keksa nuroniylar holidan xabar olib, ularning yashash sharoiti, salomatligi va kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida nuroniylar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Bildirilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi hamda ayrim masalalar joyida ijobiy hal qilindi.
Keksalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ularning duosini olish jamiyatimizda muhim qadriyat sanalib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.