13-Sharq yulduzi saylov okrugi deputati Maxfuza Isroilovaning deputat so‘rovi asosida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan quyidagi ishlar bajarildi:
Zargarlik ko‘chasi: Transformator punktining ochiq qolgan kiritish joylari germetizatsiya qilindi, eshigiga qopqoqlar o‘rnatildi va himoya to‘siqlari ta’mirlandi.
Saodat ko‘chasi: Yaroqsiz holatga kelib qolgan yog‘och ustun tarmoqdan uzildi. Elektr tarmog‘i hududdagi mavjud beton tayanch ustuniga qayta ulandi va uzilgan kabellar tiklandi.
Hozirda hududda elektr xavfsizligi ta’minlangan.