📌 “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi ijrosi deputatlik nazoratida
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan “Zarobog‘” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.
🔎 Nazorat jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi hamda mas’ul tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.
⚖️ Mazkur masalalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida deputatlik nazorati o‘rnatildi.
🤝 Amalga oshirilayotgan ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish hamda qishloq joylarda zamonaviy sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.