Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining ish rejasiga ko’ra navbatdagi sessiyasida 2026-yil vegetatsiya davrida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori asosida qabul qilinib, tumanda faoliyat yuritayotgan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan suv limitlari tasdiqlandi ✅.
Qarorga muvofiq:
*2026-yil yozgi sug‘orish davri uchun suv olish limitlari tasdiqlandi;
*5 kun muddatda limitlarni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish topshirildi;
*Suvdan foydalanishda qat’iy nazorat o‘rnatiladi;
*Sug‘orish navbati (gallash) grafiklariga amal qilish majburiy etib belgilandi.