Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri I.Mashripov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Tuproqqalʼa mahallasida joylashgan 36-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻrganish ishlari olib borildi.
Mazkur oʻrganish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosi yuzasidan maktabdagi holat atroflicha tahlil qilindi.
🏫 Oʻrganish jarayonida inklyuziv taʼlimni tashkil etish, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning sifatli taʼlim olishini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻrib chiqildi.
✅ Oʻrganish yakunlari boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.