Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sh. Axmedova “Yangi zamin” mahallasida “Inson” ijtimoiy xodimi hamda mahalla faollari bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlarga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida oilalarning yashash sharoitlari, ularga Ijtimoiy xizmat markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan yaratilgan imtiyozlarning amaliyotdagi ijrosi yuzasidan fuqarolarning fikrlari tinglandi.

Aniqlanishicha, ijtimoiy xodim ko‘magida mahalladagi 11 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga protez va ortopedik mahsulotlar uchun vaucherlar shakllantirilib berilgan bo‘lib, ushbu ishlar hozirda ham izchil davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni deputatlar hamda mahalladagi mas’ullar hamkorligida yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Slide 1 of 1