Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📢 Deputatlik so‘rovi natijasi haqida ma’lumot

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova tomonidan Sherobod tumani “Elektr tarmoqlari” korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur so‘rov “Uch yog‘och” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan elektr energiyasi kuchlanishining pastligi va yangi transformator o‘rnatish zarurati yuzasidan kiritilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, tuman “Elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan amaldagi transformator ta’mirlanib, elektr ta’minoti kuchlanishi me’yoriy holatga keltirildi.

✅ Natijada deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.

Slide 1 of 4