Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qonun ijrosi amalda: har bir daraxt nazoratda!

⏺Tadbir davomida shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda mahalladagi yashil hududlar to‘liq ko‘zdan kechirildi. Xususan, qurigan, kasallangan hamda yiqilish xavfi mavjud daraxtlar aniqlanib, ularning holati batafsil tahlil qilindi.

💬Aniqlangan qurigan daraxtlarni xavfsiz tarzda bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

💬Shu bilan birga, qurigan daraxtlar o‘rniga hudud iqlimiga mos, chidamli va manzarali ko‘chatlar ekish rejalashtirildi.

🫥Bu kabi tashabbuslar nafaqat ekologik muhitni yaxshilaydi, balki mahallani yanada obod, yashil va xavfsiz maskanga aylantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3