Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla tizimi: yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy himoya — e’tiborda

⏺O‘rganish jarayonida mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari va ijtimoiy xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning kundalik faoliyati, mavjud muammolar hamda erishilayotgan natijalar tahlil qilindi.

💬Asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:

🔅Yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

🔅“Yoshlar daftari” orqali berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish;

🔅Yoshlar bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish;

🔅Ijtimoiy xodimlar tomonidan ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar;

🔅Ijtimoiy yordamlarning manzilliligi va samaradorligi.

⏺Mazkur o‘rganishlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan Prezidentimiz tomonidan imzolangan PF-163-sonli Farmon hamda 2024-yil 18-iyuldagi PQ-267-sonli qaror talablaridan kelib chiqib olib borilmoqda.

💬Ushbu muhim hujjatlar asosida:

🔅mahallabay ishlash tizimi yangi bosqichga olib chiqildi;

🔅aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari takomillashtirildi;

🔅ehtiyojmand qatlam bilan manzilli ishlash tizimi kuchaytirildi;

🔅yoshlar bilan ishlashda aniq va samarali tizim yo‘lga qo‘yildi.

💬O‘rganishlar yakunida mas’ullarga:

🔅aholi murojaatlariga tezkor javob berish;

muammolarni joyida hal etish mexanizmlarini kuchaytirish;

🔅ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish;

har bir fuqaro bilan manzilli ishlashni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

🫥Mahalla — xalq bilan davlat o‘rtasidagi eng yaqin bo‘g‘in. Undagi har bir ijobiy o‘zgarish — jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4