44-Charxin saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati Guljahon Mustafoyeva fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida aholi farovonligini ta’minlash, toza atrof-muhit — sog‘lom hayot garovi ekanligi, faol jamiyat esa kuchli davlat poydevori bo‘lishiga qaratilgan davlatimiz qaror va qonunlarining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
📌 Jumladan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun, “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Oliy Majlis Senati Kengashi qarorining ahamiyati yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
✅ Ushbu uchrashuv fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish, jamiyatda faollikni kuchaytirish va mahalliy Kengashlar faoliyatini aholiga yaqinlashtirishga xizmat qildi.
✅ @sam_vil_deputatlari