Mahallada tadbirkor ayollar faolligi yuksalmoqda
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Ziyoda Ishmurodova Pastdarg‘om tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida bo‘lib, “Ishbilarmon ayol–2026” ko‘rik-tanlovi doirasida “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi ishtirokchilari faoliyati bilan tanishdi.
✅ Tadbirda mahalliy Kengash deputatlari va faollar ishtirok etib, tadbirkor ayollar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
✅ Misol tariqasida, Dumanova Nilufar To‘gaymurodovna va Shomirzaeva Dilnavoz Zokirovna tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 15 nafar ayolni ish bilan ta’minlagan. Ular kelinlar uchun milliy liboslar tikib, barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishmoqda. Shu bilan birga, tashkil etilgan o‘quv kurslari orqali yoshlar duаl ta’lim asosida hunar o‘rganmoqda.
👍 Ushbu tashrif tadbirkor ayollarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tajribasini ommalashtirish va mahallalarda ayollar bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
✅@sam_vil_deputatlari