Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Qadriyat mahallasida deputat qabul o‘tkazdi

📌 Qadriyat mahallasida deputat qabul o‘tkazdi

Xalq deputatlari tomonidan aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarning muammolarini joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Jumladan, deputat Artikova Oybibi tomonidan Qadriyat mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ijtimoiy, kommunal, bandlik, sog‘liqni saqlash va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglandi.

Ko‘tarilgan masalalarning bir qismi joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 1