SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L.Xakimova tomonidan “G‘o‘rin-Gilambob” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan saylovchilar murojaatlari bilan ishlash, mahalla hududida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, kelgusida ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.