Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 Bugun, 24-fevral kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish Zoom platformasi orqali o‘tkazildi.

✅ Yig‘ilishni Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov olib bordi.

✅ Yig'ilishda kotibiyatlarning faoliyati, qarorlar ijrosi, deputatlarning tashabbuslari va hududlarda axborot-targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ayrim hududlarda aniqlangan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✅ Yig‘ilish yakunida haftalik bajarilishi shart bo‘lgan 11 ta masala bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilandi. Ushbu topshiriqlar kotibiyatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va qarorlar ijrosini ta’minlashga qaratildi.

✅ Mazkur yig‘ilish kotibiyatlar faoliyatida intizomni mustahkamlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish va aholining murojaatlari bilan ishlashda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

✅@sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 5