Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Ismailov Qamariddin Abduraximovich o‘zi saylangan okrug hududidagi Oydin mahallasiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida deputat mahalla “yettiligi” a’zolari bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazdi. Uchrashuvda hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Shuningdek, deputat mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Faoliyat samaradorligi, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash jarayonlari yuzasidan fikr almashildi. Tashrif yakunida ko‘tarilgan masalalarni tizimli hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.