Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Хalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati K. Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi — Xovos mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, aholi va bolalar uchun ajratilgan sport maydoni holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida sport maydonidan samarali va xavfsiz foydalanish, ayniqsa bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning atrofini o‘rash zarurligi qayd etildi.

Mazkur masala yuzasidan sport maydonini atrofini o‘rash, tartibga keltirish hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

Bu tashabbus mahalla aholisi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va sport infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3