Bugun xalq deputatlari
Shahrisabz tumani Kengashi raisi A.Uzakov, kotibiyat mudiri L.Mamadiyorovlar
tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyat binosida “Madad” nodavlat-notijorat tashkiloti huquqiy
maslahat byurosi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Hamkorlik doirasida sayyor qabullar, huquqiy targ‘ibot tadbirlari va
amaliy uchrashuvlar tashkil etilishi, aholining muammolari o‘rganilib, ularga
qonunchilik asosida huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Shuningdek, “Mevazor”, “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘inidan kelgan fuqarolar
bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, “Madad” NNT bilan hamkorlikda ularni qiynab kelayotgan masalalar atroflicha
o‘rganildi hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan amaliy choralar
ko‘rildi. Shuningdek, fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirish va maslahatlar
berildi.