Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Zarbdor tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Zarbador tumani prokurori R.Masharipov, tuman Kengashining 14-Yangikent saylov okrugi deputati, Yangikent mahalla fuqarolar yig'ini raisi F. Sarimsoqov hamda Majburiy ijro byurosi Zarbador tumani bo‘limi boshlig‘i N. Bo‘tayevlar tomonidan Yangikent MFY hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yashirin iqtisodiyotning oldini olish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniy asosda yuritish, soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash, noqonuniy mehnat munosabatlariga chek qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlarga amaldagi qonunchilik talablari, davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, shuningdek, majburiy ijro tizimining vazifalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Mutasaddilar tomonidan ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar tinglandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida tadbirkorlar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish hamda hududda sog‘lom biznes muhitini shakllantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3