Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yangikent mahallasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi o‘rganildi

Zarbdor tuman hokimi Bekzod Tashpulatov, tuman prokurori Ravshan Masharipov, tuman IIB boshlig‘i Elyor Axmedov, tuman kengash deputati Furqat Sarimsoqov hamda mutasaddi rahbarlar tuman markazidan olis hududda joylashgan Yangikent mahallasida tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida savdoga chiqarilgan mahsulotlarning sifati, narx-navolari hamda aholiga yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga savdo jarayonini tartibli tashkil etish, narxlarning barqarorligini ta’minlash va aholining ehtiyojlarini inobatga olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, mahalla hududida obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda infratuzilmani rivojlantirish masalalari yuzasidan mahalla ahli bilan suhbat o‘tkazildi. Fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 4