Xalq deputatlari tuman Kengashining raisi Sh.Hayitoxunov bir guruh xotin-qizlar faollari bilan deputatlar hamkorligida olib boriladigan faoliyat yuzasidan suhbat o`tkazdi. Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi E.Qurbonov, viloyat Kengashining deputatlari O.Nosirov va Z.Ismoilovalar ham ishtirok etishdi.
Shu bilan birga shu kunning o`zida Jalaquduq shahridagi 1- va 27- umumta`lim maktablarining bir guruh o`quvchi yoshlari xalq deputatlari tuman Kengashining raisi Sh.Hayitoxunov bilan uchrashuvga kelishdi.
Ochiq muloqotda o`quvchi yoshlar tuman tarixi, O`zbekistonning yangi tarixi, korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurash mavzularda o`zlarini qiziqtirgan masalalar bo`yicha savollariga javoblar oldilar. Uchrashuvda o`quvchi yoshlarning fikr va mulohazalari, istaklari ham eshitildi.