Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati yuzasidan Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputatlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi tashkil etildi.

Muhokama jarayonida Strategiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, aholi turmush darajasini yaxshilash, mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, bandlikni ta’minlash hamda davlat boshqaruvida ochiqlik va samaradorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning hududlarda izchil va samarali ijrosini ta’minlashda deputatlik nazoratining muhim o‘rni ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida ilgari surilgan taklif va tavsiyalarni umumlashtirish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli qarorlar belgilab olindi.

👍 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 5